ООО DIAFREE

DIAFREE — O’zbekistonda biologik faol qo’shimchalar (BAD) yo’nalishida faoliyat yurituvchi va mahsulotlarini e-commerce modeli orqali butun respublika bo’ylab sotuvchi kompaniya.
 

Kompaniyamiz raqamli marketing, Call Center, CRM tizimlari va logistika infratuzilmasi asosida mijozlarga xizmat ko’rsatadi. Mahsulotlar onlayn buyurtmalar orqali qabul qilinadi va O’zbekiston bo’ylab yetkazib beriladi.
 

Bugungi kunda kompaniya Marketing, Savdo (Call Center), Logistika, Ombor, Moliya va Ma’muriy yo’nalishlar bo’yicha yagona biznes tizimi asosida faoliyat yuritadi. Biz barcha biznes jarayonlarini zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida tizimlashtirish va avtomatlashtirish ustida ishlaymiz.


Kompaniyamizning asosiy tamoyillari:

- Natijadorlik va mas’uliyat;

- Halollik va professional yondashuv;

- Jarayonlarga rioya qilish va intizom;

- Mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko’rsatish;

- Xodimlarning kasbiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash.


Agar siz tez rivojlanayotgan e-commerce kompaniyasida ishlashni, zamonaviy savdo va marketing jarayonlarida tajriba orttirishni hamda professional jamoaning bir qismi bo’lishni istasangiz, O’TQOPFREE jamoasiga xush kelibsiz.

Ташкент
Город
Медицина, фармацевтика, аптеки
Сферы деятельности
Организация
Тип регистрации